
Pogba qaysi jamoaga bormoqchiligi oshkor bo‘ldi
“Manchester Yunayted”ni tezroq tark etishni istayotgan Pol Pogba qaysi jamoaga borib qo‘shilishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Hozircha frantsiyalik yarim himoyachiga “Real”, PSJ va “Yuventus”dan qiziqish borligini aytilmoqda.
27 yoshli futbolchining o‘zi “Yuventus”ga o‘tishga moyil. O‘z navbatida, turinliklar ham uning qaytishidan umidvor. Bosh murabbiy Andrea Pirlo unga asosiy tarkibdan joy berishi kutilmoqda.
Pogba 2012-2016 yillar davomida “Yuventus” tarkibida to‘p surgan. Hozir uning agenti Mino Rayola muzokaralarga kirishgan.
Fikrlar