
Pochettino "Nyukasl"ga olib keladigan ilk futbolchi kim bo‘ladi?
Argentinalik taniqli murabbiy Maurisio Pochettino yana APLga qaytishga va "Nyukasl"ni boshqarishga tayyor.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Pochettino faqat bir shart bilan “qarg‘alar” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin. Uning talabiga ko‘ra, klub yozda tarkibni sezilarli tarzda kuchaytirishi kerak. Pochettino bu borada birinchi bo‘lib "Barselona" vingeri Filippe Koutinoni ko‘z ostiga olib qo‘ydi.
Aytish lozimki, braziliyalik futbolchi joriy mavsumni “Bavariya” safida ijarada o‘tkazmoqda. U 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar