
Pochettino ketadiganlarning yangi ro‘yxatini berdi
“Chelsi”ni qabul qilib olgan Maurisio Pochettino tarkibni optimallashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Klub rahbariyati bilan kelishgan holda argentinalik mutaxassis birinchi navbatda katta maosh olayotgan ayrim o‘yinchilardan qutilmoqchi.
Xususan, Pochettino hujumkor futbolchilar – Kristian Pulishich va Hakim Ziesh, darvozabon Kepa Arrisabalagaga kelasi mavsum ish yo‘qligini ma’lum qildi.
Yuqorida nomi keltirilgan o‘yinchilarning hammasi bir mavsum uchun 24 million evrodan ko‘p maosh oladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Pulishich va Zieshning transferi qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ularga xaridorlar ko‘p.
Biroq, o‘z davrida jahonning eng qimmatbaho darvozaboni bo‘lgan Kepa Arrisabalagaga yangi jamoa topish mushkul.
Fikrlar