
Pirlo jamoasini nega Ronaldusiz o‘ynashga o‘rgatmoqchi?
“Yuventus” A Seriyada Ronaldu o‘ynamagan uchta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bu gal turinliklar debyutant “Benevento” bilan ochko bo‘lishdi – 1:1.
Uchrashuvdan so‘ng, turinliklar bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoa g‘alabalarini ta’minlab kelayotgan Krishtianu Ronalduga hordiq chiqarish uchun imkon berganini izohladi.
- Biz birinchi bo‘limda o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Yaxshi natija qayd etish uchun imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi, lekin buni uddalay olmadik. Birinchi bo‘limda darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishimiz shart edi. Necha marotaba tanaffus oldidan to‘p o‘tkazib yuboryapmiz.
Krishtianu Ronalduda hafta davomida kichik muammolar kuzatildi. O‘zi Chempionlar ligasida o‘ynashni istadi. Terma jamoadagi o‘yinlaridan keyin u dam olishi kerak edi. Ronaldu jamoamizni kuchaytirishiga shubha yo‘q, lekin biz usiz o‘ynashni o‘rganishimiz kerak, - dedi Pirlo.
Fikrlar