Pirlo Dibala o‘rniga yangi hujumchi topdi

  • 23 oktabr, 2020, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik hujumchi Paulo Dibala klub rahbariyati va bosh murabbiy Pirlo bilan do‘stona aloqalarni o‘rnata olmadi. Anchadan buyon yangi shartnoma bo‘yicha rahbariyat bilan kelisha olmayotgan hujumchi yaqinda Pirloning qarorlari ustidan shikoyat qilgan edi.

Tecno

Turinliklar vaziyatdan kelib chiqib, yangi hujumchi izlay boshladi. “Yuventus” xo‘jayinlari “Zaltsburg” hujumchisi Luka Suchichni qishki transferlar vaqtida tarkibga qo‘shib olishga qaror qildi.

Italiya grandi skautlari mavsumni Avstriyaning ikkinchi divizioni ishtirokichisi “Lifering” safida o‘tkazayotgan 19 yoshli xorvatiyalik forvardni anchadan buyon sinchkovlik bilan kuzatib kelayotgan edi.

Suchichning transfer summasi 15 million evroga baholanmoqda.

Dibala shikoyat qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!