Pioli "Roma" tomonidan mag‘lub etilgach: "Bizga sifat va qat’iyat etishmadi"

  • 19 aprel, 2024, 13:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

"Italiya derbisi" deya nomlangan bahsda "Roma" "Milan"ni javob uchrashuvida ham mag‘lub qila oldi. Dastlab, Manchini hisobni ochgan bo‘lsa, Dibala farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Gabbiya hisobni qisqartirdi. 

Mazkur uchrashuvdan so‘ng milanliklar bosh murabbiyi Stefano Pioli o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Turnirni afsus bilan tark etyapmiz. "Roma" ikki o‘yinda ham sifat va qat’iyat  namoyish etdi, bizga esa aynan shu narsa etishmadi.

Ularning 10 kishi bo‘lib qolganidan foydalanishimiz kerak edi, ammo yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Aytganimdek, o‘zimiz kutgan darajada harakat qila olmadik va musobaqa bilan xayrlashdik", - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!