
Pike "Real" haqidagi fikrlari uchun jazolanishi mumkin
Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) "Barselona" himoyachisi Jerar Pikening hakamlar masalasida aytgan gaplari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda "Diario Sport" xabar bermoqda.
Avvalroq Pike: "Sobiq hakamlarning biri 85% referilar "Real"ga yon bosishini aytdi. Qanday qilib ular madridliklar foydasiga hushtak chalmasligi mumkin? Hatto, ongsiz ravishda ular bir jamoa foydasiga hushtak chaladi",-degan edi.
RFEF Pikening so‘zlari liga hakamlariga nisbatan haqorat, deb topilsa, hujjatlar unga qarshi ish ochadigan qo‘mitaga yuboriladi. Agar Jerar intizom kodeksining OAVda hakamlar haqida bayonot to‘g‘risidagi moddasini buzganligi aniqlansa, futbolchi 4 dan 12 gacha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi yoki 601 dan 3005 evrogacha jarima bilan jazolanishi mumkin.
Fikrlar