
Pike "Barselona" prezidenti bo‘lmoqchi
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike klub prezidenti bo‘lish orzusi haqida aytib o‘tdi.
"Ayni damda futbolchiligim sabab, kelayotgan saylovlarda qatnasha olmayman. "Barsa"ning muxlisi sifatida jamoaga yordam berishni xohlayman.
Kelajakda klubga qandaydir yangilik taklif qila olishga tayyor bo‘lganimda nomzodimni ilgari suraman. "Barsa" prezidenti bo‘lishni doimo orzu qilganman, biroq bu ish amalga oshishi yoki oshmasligi haqida bir gap ayta olmayman", - deydi ispaniyalik himoyachi.
Pike — "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 2008 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar