PFL Ulug‘bek Baqoevni jarimaga tortdi

  • 4 mart, 2020, 21:03
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol uchrashuvlari vaqtida rasmiy shaxslar tomonidan tartib-intizomga rioya etilishini ta’minlash maqsadida quyidagi rasmiylar jarimaga tortildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Tecno

Jumladan, Superliganing 1-turi doirasidagi “Qizilqum”-“Nasaf” futbol klublari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida futbol klubi shifokori Olimxon Ne’matov texnik zonada telefondan foydalangani,  bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.13-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan  unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliganing 1-turi doirasidagi “Mash’al”-“So‘g‘diyona” futbol klublari o‘rtasidagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng “So‘g‘diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etmagani, bu bilan u  Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.17-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan  unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
05/03/2020 10:02
Согдиена эхтимоли сизларга хам навбат келгандир