Petr Chexning o‘zi ishga kirishdi

  • 2 iyul, 2020, 23:15
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Chelsi" yozda jamoa asosiy darvozabonini almashtirish niyatida.

"Ko‘klar" ustozi Frenk Lempard Kepaning o‘yinidan norozi bo‘lmoqda va bu mavzu bo‘yicha klub rahbariyatiga o‘z qarorini etkazib ulgurgan.

Ta’kidlanishicha, klub avvaliga ispaniyalik golkiper xizmatlariga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan klub topishi kerak bo‘ladi.

The Telegraph nashriga ko‘ra, yangi darvozabon izlash ishlarida Lempardga Petr Chex va Marina Granovskaya ko‘maklashmoqchi. Ayni shu ikkala mutaxassis Xakim Ziesh va Timo Verner transferini birgalikda amalga oshirishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Kepani 2018-yil "Atletik"dan 71,6 million evroga xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!