Peti: "Barselona"ni La Ligada mag‘lub etish qiyin, ammo haqiqiy sinov Evropada kutib turibdi"

  • 26 avgust, 22:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniya klubining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti "Barselona"ning mavsum oldidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Ispaniyada "Barselona"ni mag‘lub etish juda qiyin bo‘ladi. "Real"dan farqli o‘laroq, ular Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmadi va bir necha hafta dam olib, ma’naviy hamda jismoniy jihatdan tiklanish imkoniga ega bo‘lishdi.

"Malorka"ga qarshi o‘yinda hamon o‘sha tanish "Barsa"ni ko‘rdik: birinchi safardayoq birinchi bo‘limdan keyin natija aniq bo‘lib qoldi. Lamin Yamal ajoyib o‘ynadi, Rafinya ham yorqin chiqish qildi. Biroq, Chempionlar ligasida ularga ancha kuchayish talab etiladi. "Inter"ga qarshi mag‘lubiyat va himoyadagi ba’zi kamchiliklar shuni ko‘rsatdi.

Menimcha, hali ham ularga bir-ikkita futbolchi etishmaydi. Ayniqsa, himoya chizig‘ini mustahkamlash zarur. Chunki o‘tgan mavsumda aynan shu yo‘nalishda muammolar bor edi. Agar transfer yopilishigacha kimnidir olishsa, bu jamoaga katta yordam bo‘ladi. "Barsa" doimo hujumkor futbolga intiladi, ammo o‘tgan mavsumdagi Chempionlar ligasidan chiqib ketish ularga saboq bo‘lishi kerak — jamoaga kuchli himoyachi zarur", — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!