Peter Shmeyxel Ruben Amorimga muhim maslahatni berdi
Angliya Premer-ligasining 4-turida "Manchester Yunayted" derbida "Manchester Siti"ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hozirda jamoa 4 turdan keyin 4 ochko to‘plab, 14-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu vaziyatga "qizil iblislar"ning sobiq posboni hisoblangan futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hozirgi "Manchester Yunayted"ga qarab, jamoa oldinga siljimayotgandek tuyuladi. Hammasi o‘sha-o‘sha. "Manchester Siti"ga hatto katta kuch sarflash ham shart emasdi.
Fikrimcha, Amorim ayrim o‘zgarishlar haqida o‘ylashi kerak. Tizimni shunday qilib o‘zgartirish lozimki, futbolchilar o‘zlariga xos uslubda o‘ynay olishsin. To‘rtta himoyachi bilan o‘yinga o‘tish kerak", – dedi MYuning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel.



Fikrlar