"Persepolis"ga qarshi o‘yin oldidan "Paxtakor" tarkibida yo‘qotishlar mavjud
Mashg‘ulotda tarkibdagi barcha futbolchilar murabbiylar shtabi qo‘l ostida bir soatdan ortiqroq vaqt mobaynida shug‘ullandi. Ular chigalyozdi mashqlarini bajargach, bo‘lajak o‘yinda asqotishi mumkin bo‘lgan turli taktik jihatlar va o‘yin holatlariga e’tibor qaratishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sadriddin Abdullaev jarohat sababli, Dostonbek Hamdamov esa diskvalifikatsiya tufayli maydonga tusha olishmaydi. Qolgan futbolchilar yaxshi holatda o‘yinga hozirlik ko‘rishdi.
Eslatib o‘tamiz, "sherlar" ustozi Shota Arveladze bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jasur Yaxshiboev ham jarohati bois jamoaga yordam bera olmasligini aytib o‘tgan edi.



Fikrlar