Peres: Zidan Frantsiya terma jamoasini boshqarmoqchi

  • 25 iyun, 2021, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning sobiq ustozi Zinedin Zidanning rejalari haqida gapirdi.

Tecno

“Zizu Frantsiya terma jamoasida ishlashni orzu qiladi. O‘ylaymanki, u o‘z maqsadiga erishadi. Agar u qachondir bizning klubga qaytishni istasa, "Real" uning uyi ekanligini bilishi kerak”, - dedi Peres.

Zidan “Real”ni 2016-2018 hamda 2019-2021 yillarda boshqardi. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasida 2-o‘rinni egalladi.

Hozir Frantsiya terma jamoasiga Dide Desham ustozlik qilmoqda. Uning jamoasi “Evro-2020” 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!