Penalti yo‘qdek, ammo bugun "Navbahor"...

  • 3 sentabr, 2022, 00:32
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina o‘z yakuniga etgan o‘yin, barchada ikki hil taassurot qoldirdi. Bilmadim, kimdir hakamning qarorini muhokama qilgan bo‘lsa, boshqalar "Navbahor"ning yuqori pressing va mayda pas bilan to‘p surganini e’tirof etmoqda. Vaziyatga qanday baho berayotganingiz, unga qanday ko‘z bilan qarayotganingizga bog‘liq.

Tecno

To‘g‘risi, birinchi o‘yindan keyin, "Paxtakor"ni favorit bo‘lishini taxmin qilgan edim. Sababi, Sherlar ustozi qo‘llagan 3 ta markaziy himoyachiga suyangan sxema 100 foiz o‘zini oqlagan edi. Bu bahsda Maks biroz tavakkaldan qo‘rqdi. Bunga unda asos ham etarlicha. Yodingizda bo‘lsa, Namangandagi birinchi o‘yinda Ilya Martinovich raqib hujumchilarining bosimiga dosh bera olmagan va natijada murabbiy 4-3-3 sxemasiga o‘tishiga to‘g‘ri kelgan edi.

Marucish

Bu o‘yinda Zoran Marushichning 90 daqiqa aktiv pressingda bo‘lishini inobatga olgan xolda, Shatskix tavakkal qilishni istamadi. Aynan mana shu qaror yakunda "Navbahor"ga o‘yinda kuchliroq bo‘lish imkonini berdi. Boltaboev-Jokich va Sigar-Ashurmatov tandemlari birgalikda o‘z zonalarida bir metr ham boshliq qoldirgani yo‘q. Shu bois, "sherlar" butun o‘yin davomida birorta kombinatsion hujum uyushtirishni uddasidan chiqqani yo‘q. Kiritilgan gol ham standartdan so‘ng, yuzaga keldi.

"Navbahor" tepgan birinchi penalti borasida hech kimda shubha bo‘lmasa kerak. Ikkinchisi borasida, o‘yinni teleekranda ko‘rganlarga havas qilib bo‘lmaydi. Menimcha, bu tarixiy 10 soniyani endi hech kim adekvat fikr bildirish uchun ortga qaytara olmaydi. Agar voqeaga real baho beradigan bo‘lsak, tezlikda ketayotgan futbolchiga biroz teginib ketish ham uni yiqilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ha, Asad Sobirjonov ham biroz "rol" ijro etdi, ammo bu futbolning bir bo‘lagi. Buning uchun Asadni "koyib berish" mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Uchrashuvni translyatsiyasi ham a’lo darajada o‘tdi deb bo‘lmaydi. Bahsli vaziyat faqat birgina rakursdan olib berilgani uchun, aniq fikr bildirish imkonsiz. Bilmadim, ammo o‘yinni "tortib" chiqish uchun "Paxtakor"da etarlicha vaqt bordek tuyulgan edi. Samvel Babayan o‘yin tempini tushirib, toza futbol vaqtini keskin kamaytirib yubordi. Bu xunuk va yoqimsiz bo‘lmasin, uslublardan biri. Shunga qaramay, "Paxtakor" bemalol to‘p nazoratini qo‘liga olib, o‘yinni "qutqarib" qolish uchun kurashib ko‘rdi. "Sherlar" qanchalar urinmasin, o‘yin boshida tanlagan taktika o‘zini umuman oqlagani yo‘q. Buni Shatskixni o‘zi ham matbuot anjumanida tan oldi. U ayni damdagi eng kuchli yarim himoyaga ega "Navbahor"ga yarmim himoyada "jang" taklif qildi. O‘yini tomosha qilgan bo‘lsangiz, ikkinchi bo‘limda Jamshid Iskanderov juda erkin va bemalol to‘p surdi. Sababi, "sherlar" yarim himoyasi shunchaki vaziyatni o‘z qo‘liga olishni uddalay olgani yo‘q.

Hakamlik, translyatsiya va boshqa detallarni chetga surib qo‘ysak, bugun "Navbahor" "Paxtakor"ga qaraganda, ko‘proq g‘alaba qozonishni istagandek tuyuldi. Ko‘proq hujumga o‘tdi, yaxshiroq zarba berdi va tartibli himoyalandi. Menimcha, shu omillar yakunda yarim final yo‘llanmasini "lochinlar"ga taqdim etdi. "Paxtakor" buyog‘iga bor e’tiborini endi chempionat o‘yinlariga qaratishga majbur.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Uzbek Bek
03/09/2022 06:55
Uzi Navbahor anchadan buyon gʼalabaga haqli edi va nihoyat bu kunlar ham keldi
&
Восток
03/09/2022 08:47
Ннгилишни тан олиш..мардлик хисобланади
&
Muhiddin
03/09/2022 11:15
Яхёхўжа рахмат сизга мен бу сайтни фақат сиз учун кузатаман. Сабаби сиз доим нейтрал ва холиссиз. Навбахор хар тарафлама кучли эди йиғлоқи Макс жамоасидан
Шухрат Хусаинов
03/09/2022 12:20
Хайф сенларга узбек футбол ини нокобул химоячилари