
Pen Shuay maqsadi jiddiy
Xitoylik tennischi Pen Shuay Nanchan shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Pen ushbu bosqichida hamyurti Chju Linga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 7:6 hisobida zafar quchdi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Shu tariqa "JiangXi Open" musobaqasining yarim finalida Pen Shuay shveytsariyalik Viktoriya Golubich, yoki qozog‘istonlik Elena Ribakina bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar