Pele shifoxonadan chiqdi
Braziliyalik futbol qiroli Pele bundan bir necha kun muqaddam Parijda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra u bugun kasalxonadan chiqqan.
“Mening peshob yo‘llarimga infektsiya tushgan ekan. Shu bois tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hayrli tilaklar bildirgan va yordam bergan barchaga rahmat aytaman”, - deydi 78 yoshli Pele.



Fikrlar