Pedri: "Biz maydonda nima qilish kerakligini yaxshi bilamiz"

  • 24 oktabr, 2024, 11:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasinig 3-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Dastlab, Rafinya hisobni ochgan bo‘lsa, Keyn imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin taym so‘nggigacha mezbonlar yana ikkita gol urishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Rafinya uchrashuvdagi 3-golini urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Uchrashuvdan so‘ng Pedri bosh murabbiy Xans-Diter Flikning g‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.

"Murabbiy bizni eng yuqori saviyada raqobatlasha olishimizga ishontirdi. Jamoamiz maydonda nima qilish kerakligini aniq biladi”, - deya ispaniyalik yarim himoyachining so‘zlarini keltirdi "Barca Universal" nashri.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!