"Paxtakor"ning raqibi tarkibidagi 5 futbolchida koronavirus aniqlandi

  • 12 sentabr, 2020, 20:18
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Qatar tibbiyot idoralari bilan yaqin hamkorlikda OChLda ishtirok etish uchun Qatar poytaxti Dohaga kelgan jamoalar uchun COVID-19 testlarini o‘tkazdi.

Tecno

Hozirga qadar ushbu sinovlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasida 5 futbolchi va boshqaruvning bir a’zosida, Qatarning "Al-Duhail" jamoasining bir futbolchisida musbat ko‘rsatkich qayd etilgan.

Ikkala jamoaga ham barcha kerakli tibbiy yordam ko‘rsatiladi, ijobiy natijalarga erishganlar xavfsizlik choralari va turnir uchun qabul qilingan COVID-19 protokollari talablariga binoan karantinda tibbiy nazorat ostiga olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!