"Paxtakor"ning Osiyo Chempionlar ligasida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilari kimlar?

  • 6 aprel, 2022, 04:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Paxtakor” klubi Saudiya Arabistonida Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bilasiz, jamoa anchadan buyon OChLda muntazam ishtirok etib keladi. Klub matbuot xizmati mazkur nufuzli musobaqada eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar haqida ma’lumot berdi.

"Sherlar" safida Ignatiy Nesterov OChL bahslarida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi bo‘lib turibdi.

Nesterov jami 44 bellashuvda ishtirok etgan. Asror Aliqulov 41 bahsda maydonga tushgan bo‘lsa, Stanislav Andreevda 38 ta shunday o‘yin mavjud.

"Paxtakor" safida Chempionlar ligasida 25 va undan ko‘p o‘yinda maydonga tushgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.

44 - Ignatiy Nesterov

41 - Asror Aliqulov

38 - Stanislav Andreev

37 - Ilhom Suyunov

35 - Anvar Soliev, Vladimir Kozak

34 - Temur Kapadze

33 - Vladislav Kiryan

32 - Server Jeparov, Igor Sergeev

31 - Sherzod Karimov, Zayniddin Tojiev

29 - Leonid Koshelev, Egor Krimets

27 - Jaloliddin Masharipov

26 - Kamoliddin Tojiev, Aleksandr Geynrix

25 - Odil Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
06/04/2022 09:41
Пахтакор пахтакор гурухда сунги урин 0 очко билан
&
Толмос Кулмуродов
06/04/2022 05:00
Факат марожни еб кайтган