“Paxtakorchi” kashf qilgan futbolchini Italiyada kutishmoqda

  • 21 aprel, 2021, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zenit” to‘purari Sardor Azmun yozgi transferlar vaqtida Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Aslida eronlik futbolchi anchadan beri Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynayotgan jamoalardan taklif olayotgan edi.

Tecno

Italiyalik jurnalist Janluiji Longarining ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchiga “Roma” va “Atalanta” xaridor bo‘lmoqda.

Sardor Azmunning bugungi kundagi transfer summasi 25 million evroni tashkil qilmoqda va bu “Zenit” rahbariyatini qoniqtirishi mumkin.

Ma’lumki, Sardor Azmunni Rossiyadagi xalqaro turnirda “Paxtakor”ning sobiq futbolchisi Marat Kabaev kashf qilgan va eronlik futbolchini o‘zi ishlayotgan “Rubin”ga joylashtirgan.

Ayni paytda “Zenit” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Sardor Azmun joriy mavsumda Rossiya premer-ligasida 22 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va to‘purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.

Shomurodov maqsadiga etadimi?

Shomurodov Italiyaga borganidan keyin o‘zbek futbolchini “reklama” qildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!