"Paxtakor" yoshlari "Surxon"ga imkon qoldirmadi

  • 2 iyul, 2020, 00:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U-21 birinchiligi 7-turida "Paxtakor" "Jar" stadionida "Surxon"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

O‘yinda jamoalar navbatma-navbat hujumlar tashkil qilib, tashabbusga ega bo‘lib turishdi. Birinchi bo‘limda darvozalar oldida yaqqol golga tortadigan vaziyatlar unchalik ko‘p sodir bo‘lgani yo‘q. Har ikki jamoa himoyada bexato o‘ynashni uddaladi. Ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’ati ancha tezlashdi. 67-daqiqada mehmonlar hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Penaltidan Ahmedov tepgan to‘pni yosh posbonimiz Shukron Yo‘ldoshev qaytarib qolib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Shundan keyin ketma-ket hujumlar uyushtirgan "Paxtakor" oxirgi 10 daqiqalikda ikki to‘p kiritdi. Dastlab Alisher Salimovning o‘ng qanotdan jarima maydoniga oshirgan to‘pini Alisher Odilov boshi bilan darvozaga yo‘llab, mavsumdagi 7-golini urdi. 87-daqiqada zaxiradan tushirilgan futbolchilar Doniyor Sobirov va Javohir Jo‘raev ijrosidagi hujumdan so‘ng Jo‘raev yakkama-yakka holatda gol urdi - 2:0.

Ushbu g‘alabadan keyin 7 bahsda 14 ochko to‘plagan "Paxtakor" yoshlari yuqori o‘rinlar uchun kurashishda davom etmoqda.

Manba: "Paxtakor" FK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!