
"Paxtakor" yoshlari "Navbahor"ni mag‘lub etib, "Do‘stlik Kubogi"da g‘olib chiqdi
Toshkentda o‘tkazilgan "Do‘stlik Kubogi"da "Paxtakor"ning ikki yosh toifasidagi jamoalari g‘olib chiqdi.
2008 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz guruh bosqichida "Navbahor"ni 2:1, "Qayrat-2"ni 3:0 va "Lider best" jamoasini 12:0 hisobida mag‘lub etishdi. Yarim finalda "Qayrat-1"ga qarshi kechgan bahsda 4:0 hisobi kuzatildi. Finalda esa "Navbahor" 3:0 hisobida dog‘da qoldirildi. Ziyodilla Abdurashidov eng yaxshi darvozabon deb topilgan bo‘lsa, Amirsaid Komolxonov turnirning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Ushbu jamoaga Bobur Abdurahmonov boshchilik qilmoqda.
2013 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat "sherlar" Pavel Purishkin boshchiligida guruhda "Junior" va "Ahmadxon"dan 3:0, "Abdish-Ota"dan 4:0 hisobida ustun keldi. Chorak finalda "Nitro" 3:1 va yarim finalda "Do‘stlik" 2:0 hisobi mag‘lub qilindi. Final Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi tarbiyalanuvchilariga qarshi kechib, unda yagona gol "Paxtakor"ni musobaqa g‘olibiga aylantirdi.
Fikrlar