
"Paxtakor" yarim himoyachisi yangi mavsumni vodiyda boshlashga yaqin!
"Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jaev keyingi mavsum faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchi 2025 yilda Farg‘onaning "Neftchi" klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Tajribali yarim ximoyachi va Farg‘ona klubi muzokaralarning final qismida.
Ma’lumot uchun, Sobirxo‘jaev joriy mavsum Superligada 19 ta o‘yinda qatnashib, bir marta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar