
"Paxtakor" Turkiyaga jo‘nab ketdi. Tarkibda kimlar bor?
"Paxtakor" 17-30 yanvar kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida mashg‘ulotlarni davom ettiradi.
Maksim Shatskix yig‘inga 22 nafar futbolchini olib ketdi.
Darvozabonlar - Pavel Pavlyuchenko, Nikita Shevchenko.
Himoyachilar - Muhammadrasul Abdumajidov, Diyor Ortiqboev, Abubakr Ashurov, Dilshod Abdullaev, Islom Anvarov, Muhriddin Pazildinov, Kirill Todorov, Sunnat Poyonov, Umar Adhamzoda, Dilshod Saitov.
Yarim himoyachilar - Doston Hamdamov, Shahzod Rahmatullaev, Sardor Sobirxo‘jaev, Nurlan Ibraimov, Saidumar Saidnurullaev, Muhammadali Usmonov, Shahzod Imomov, Doniyor Abdumannopov.
Hujumchilar - Dragan Cheran, Rustam Turdimurodov.
Yig‘inda uchta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.
21 yanvar
Paxtakor - Tuzla Siti (Bosniya va Gertsegovina)
25 yanvar
Paxtakor - Aleksandriya (Ukraina)
30 yanvar
Paxtakor - Dinamo (Ukraina).
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar