"Paxtakor" Sardor Sobirxo‘jaevni tarkibda saqlab qoldi!

  • 31 dekabr, 2024, 15:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga katta ishtiyoq bilan tayyorlanayotgan "Paxtakor" asosiy o‘yinchilaridan birini tarkibda saqlab qoldi. 

Tecno

Mavsumning oxirgi o‘yinlarida turli sabablarga ko‘ra maydonga tushirilmagan va klubdan ketishi kutilayotgan Sardor Sobirxo‘jaev yana "Paxtakor"da qoldi. Bugun rahbariyat u bilan yakuniy to‘xtamga keldi va ikki yillik shartnoma imzolandi.

“Yangi murabbiy, yangicha qarash.  Men “Paxtakor” muxlislari bilan birgaman. Biz yangi mavsumda chempion bo‘lishimiz kerak va bu borada mehnat qilamiz”, - deydi Sardor Sobirxo‘jaev, klub matbuot xizmatiga.

30 yoshli yarim himoyachi 2024 yilda "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!