"Paxtakor" safida o‘ynagan barcha legionerlar ro‘yxati va ularning qayd etgan natijalari

  • 13 may, 2020, 23:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempionati o‘tkazila boshlangandan buyon "Paxtakor" tarkibida 32 nafar xorijlik futbolchi o‘ynagan.

Tecno

Ushbu ro‘yxatga Ulug‘bek Asanboev, Qayrat O‘taboev va Akmal Xolmatov kiritilmagan. Ular "sherlar" safida yurtimiz fuqarosi sifatida to‘p tepishgan.

Legionerlar orasida chempionat bellashuvlarida eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan futbolchi gruziyalik Kaxi Maxaradze bo‘lib, u 122 uchrashuvda "Paxtakor" sharafini himoya qilib, 26 gol muallifiga aylangan. Barcha turnirlarda Kaxi 169 bahsda 34 to‘p kiritgan. Serbiyalik Boyan Miladinovich esa 97 uchrashuvda 13 gol urgan. Turkmanistonlik Gochguli Gochguliev 80 o‘yinda 26 to‘p kiritgan bo‘lsa, nigeriyalik Uche Ixeruome 71 bellashuvda 30 gol muallifiga aylangan. Chernogoriyalik Adnan Oraxovats hisobida 66 uchrashuvda 6 gol mavjud.

Kaxi Maxaradze (Gruziya) - 122 o‘yin, 26 gol
Boyan Miladinovich (Serbiya) - 97 o‘yin, 13 gol
Gochguli Gochguliev (Turkmaniston) - 80 o‘yin, 26 gol
Uche Ixeruome (Nigeriya) - 71 o‘yin, 30 gol
Adnan Oraxovats (Chernogoriya) - 66 o‘yin, 6 gol
Darko Markovich (Chernogoriya) - 58 o‘yin, 9 gol
Marko Simich (Chernogoriya) - 48 o‘yin, 6 gol
Dragan Cheran (Serbiya) - 45 o‘yin, 30 gol
Tiago Bezerra (Braziliya) - 44 o‘yin, 21 gol
Ismael Gonsalvesh (Portugaliya) - 31 o‘yin, 16 gol
Artur Gevorkyan (Turkmaniston) - 23 o‘yin, 2 gol
Irakli Klimiashvili (Gruziya) - 22 o‘yin, 2 gol
Asilbek Momunov (Qirg‘iziston) - 21 o‘yin, 2 gol
Konstantin Sosenko (Ukraina) - 20 o‘yin
Aleksandr Kroxmal (Ukraina) - 16 o‘yin, 6 gol
Rostin Griffits (Avstraliya) - 16 o‘yin
Oleg Zenchenkov (Ukraina) - 15 o‘yin, 3 gol
Vladislav Lyutiy (Ukraina) - 15 o‘yin, 2 gol
Gidi Kanyuk (Isroil) - 14 o‘yin, 1 gol
Dushan Savich (Makedoniya) - 13 o‘yin, 7 gol
Jora Oganesyan (Armaniston) - 12 o‘yin, 3 gol
Pavel Butenko (Turkmaniston) - 12 o‘yin
Fabio Pinto (Braziliya) - 10 o‘yin, 1 gol
Milan Nikolich (Serbiya) - 9 o‘yin
Yuritsa Bulyat (Xorvatiya) - 9 o‘yin
Fabiano Anderson (Braziliya) - 8 o‘yin, 4 gol
Sergey Mayboroda (Ukraina) - 6 o‘yin
Milorad Yanush (Serbiya) - 5 o‘yin, 1 gol
Eren Derdiyok (Shveytsariya) - 3 o‘yin, 1 gol
Maksim Belix (Turkmaniston) - 3 o‘yin
Sanibal Oraxovats (Chernogoriya) - 2 o‘yin, 1 gol
Naoya Shibamura (Yaponiya) - 1 o‘yin

paxta_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!