
"Paxtakor" o‘z tarkibiga polshalik vinger qo‘shib oladi
"Paxtakor" klubi o‘z tarkibiga 32 yoshli polshalik vinger Mixal Kuxarchikni qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Polshaning "Meczyki" nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, "Pogon" bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etganidan keyin futbolchi erkin agentga aylangan. U "sherlar" bilan 2024 yilning dekabr oyigacha amal qiladigan bitim imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" klubida Kuxarchikdan tashqari yana bir polyak, ya’ni Pshemislav Banashak ham to‘p tepadi.
Fikrlar