
"Paxtakor" jamoasining birinchi davradagi ko‘rsatkichlari
"Sherlar" birinchi davrada umuman mag‘lubiyatga uchramagan yagona klub sifatida qolishdi. Raqib darvozasiga eng ko‘p to‘p kiritgan jamoa ham "Paxtakor" bo‘lib, 37 gol urishga erishdi. Bu esa eng yaqin ta’qibchidan 13ta ko‘proq to‘p kiritilganini bildiradi. Bir o‘yinda jamoa o‘rtacha deyarli uch martadan raqib darvozabonlarini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Cheran 15 gol urgan holda yakka to‘purarga aylangan. Draganning o‘zi Superligada 5 jamoadan ko‘proq to‘p kiritgan. Cheran, Bikmaev va Sergeev uchligi birinchi davrada 26 to‘p kiritdi. Bu esa chempionatda istalgan klubdan ko‘proq to‘p kiritilganini bildiradi. Jamoa o‘z maydonida va safarda eng ko‘p gol urishda ham barchadan ustun.
Dragan Cheran va Igor Sergeev bir martadan xet-trik qayd etishdi. Shuningdek, Cheran 4 uchrashuvda dublga erishdi. Marat Bikmaev ikki marta, Shohruh Mahmudhojiev bir bor dubl qayd etishdi.
Hozircha qayd etilgan eng yirik natija "Paxtakor"ning "Qizilqum"ga qarshi uchrashuvida ro‘y berdi - 8:0. "Sherlar" 4 o‘yinda ketma-ket yirik hisobda zafar quchishdi.
Fikrlar