
"Paxtakor" futzal jamoasi bronza medallarga ega chiqdi
Futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 2021/22 yilgi mavsumida "Paxtakor" kuchli uchlikdan joy oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tarkibni ko‘plab etakchilar tark etgan bo‘lishiga qaramay, yaxshi jamoa shakllantirildi. Shuhrat Toshmedov shogirdlari 33 uchrashuvda 72 ochko to‘plagan holda bronza medallariga ega chiqishdi. Hozirga qadar "Paxtakor" futzal jamoasi uch marta 2-pog‘onani egallagandi. 2003/2004, 2018 va 2019 yilgi mavsumda shunday natija ko‘rsatilgandi. 2020/21 yilda esa jamoa o‘z tarixida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Ketma-ket to‘rtinchi mavsum "Paxtakor" mavsumni sovrindor pog‘onalarda yakunlashdi.
Fikrlar