
"Paxtakor" futbolchisi "Nasaf" yig‘inida qatnashmoqda (Foto)
Xabaringiz bor, "Nasaf" yangi mavsumga tayyorgarlikni Qarshi shahrida olib bormoqda.
O‘zbekiston MTJga taklif etilgan futbolchilarning o‘rnini to‘ldirish va yoshlarni sinovdan o‘tkazish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev yoshlar jamoasi vakillarini mashg‘ulotlarga jalb etgan.
O‘tgan mavsumda Toshkentning "Paxtakor" safida to‘p tepgan Sharof Muhitdinov ham jamoa mashg‘ulotlariga kelib qo‘shilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. O‘z navbatida bir necha kun avval SPORTS.uz sayti orqali Sharof Muhitdinov "Nasaf"ga qaytayotgani borasida xabar bergandik.
"Ajdarlar" bugun yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Buxoroning "Buxoro" jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Bellashuv soat 14:00da "Geolog" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar