
"Paxtakor" etakchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
Bugun Egor "Paxtakor" bilan shartnomasini uzaytirdi va 2021 yilgi mavsumni Piter Xyuistra qo‘l ostida o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalgan Egor 2011 yildan beri asosiy tarkibda o‘ynab kelmoqda. Hozirga qadar Krimets Superligada 145 bellashuvda jamoa sharafini himoya qilgan. Egor O‘zbekistonda faqat "Paxtakor" safida maydonga tushgan. Hozirgacha u 5 marta O‘zbekiston chempioni, 3 karra O‘zbekiston kubogi va bir bor Liga kubogida g‘olib bo‘lgan.
Fikrlar