"Paxtakor" Dubayda yig‘in o‘tkazadi: bo‘lajak raqiblar orasida "Zenit" va Oston O‘runov jamoasi bor

  • 4 yanvar, 2021, 17:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

14 yanvar kuni "Paxtakor" ta’tildan qaytadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

14 yanvar kuni asosiy tarkib o‘yinchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tadi va 15 yanvar sanasidan mashg‘ulotlar boshlanishi belgilangan. 21 yanvardan 5 fevralga qadar BAAning Dubay amirligida yig‘in o‘tkazish rejalashtirilgan. Yig‘in davomida uchta nazorat bahsi tashkil etiladi. O‘yinlar Rossiyaning nomdor klublari "Zenit" va "Spartak", shuningdek, Latviyaning "Riga" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Bellashuvlar mos ravishda 24 va 30 yanvar, 3 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. "Zenit" bilan bahs "Nad Al-Sheba", keyingi ikki uchrashuv esa "Jebel Ali" majmuasi maydonida o‘tkaziladi. O‘yinlar Toshkent vaqtida keltirilgan.

Yig‘in mobaynida "sherlar" Dubaydagi "Grand Xayatt" mehmonxonasida istiqomat qilishi mo‘ljallangan.

24 yanvar, 12:00, "Nad Al-Sheba"
"Paxtakor" - "Zenit" (Sankt-Peterburg)

30 yanvar, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Spartak" (Moskva)

3 fevral, 17:00, "Jebel Ali"
"Paxtakor" - "Riga" (Latviya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!