"Paxtakor" bu tur chempionlikni rasmiylashtiradimi yoki "Surxon" "sherlar"dan ochko oladimi?

  • 24 noyabr, 2023, 09:48
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 25-turida "Paxtakor" Toshkentda "Surxon" bilan kuch sinashadi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda g‘alaba qozongan taqdirda "sherlar" 16-bor O‘zbekiston chempioniga aylanadi. Chempionlik uchun navbatdagi ikki bellashuvning birida yutish etarli bo‘ladi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 33 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 25tasida "Paxtakor", 5tasida "Surxon" zafar quchgan. Uch marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 105 marta ishg‘ol qilgan toshkentliklar 29 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Mehmondagi o‘yinlarda 10 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va bir durang qayd etilgan. Gollar farqi 36ga 18ni tashkil qiladi. "Paxtakor" jami 15 g‘alaba yirik hisoblarda qo‘lga kiritgan. "Paxtakor"ning eng yirik natijasi - 8:0 bo‘lib, 2004 yilgi mavsumda kuzatilgan.

Jamoalar safida kartochkalar bilan bog‘liq diskvalifikatsiya sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q.

"Surxon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun "Paxtakor" stadionida soat 18:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
22/11/2023 23:25
Орингни бермайсан СУРХОНИМ!!! Биз ишкибозлар Сен билан.