
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Sharja"ga alamli tarzda boy berilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida "Paxtakor" "Sharja"ga qarshi o‘ynab, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bellashuvdan so‘ng, "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"O‘yinni vaqtliroq tugatishimiz kerak edi. Juda ko‘plab vaziyatlar yaratdik, o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Ko‘proq gol ursak bo‘lardi. Golni esa, qanot hakamining tushunarsiz tarzda bayrog‘ini ko‘targanidan so‘ng o‘tkazdik. Futbolchilar o‘sha holatda to‘xtab qolishdi.
Biz 80-daqiqada Yo‘ldoshevni maydonga tushirib, bitta qo‘shimcha himoyachini o‘yinga qo‘shdik. Hozir boshqa guruhlardagi holatni kutishga majburmiz. Bugun ishonchli g‘alabaga munosib edik. Afsuski, futbolda shunday omadsizlik uchrab turadi.
Raqib bilan birinchi o‘yinda ham aslida juda yomon o‘ynamadik. Faqat himoya bilan bog‘lamni saqlay olmagandik. Bugun juda yaxshi o‘ynadik. O‘yinda katta tashabbusga ega edik. Futbolda natija birinchi o‘rinda, buni bilamiz. O‘yinimizni yanada yaxshilab borishga intilishimiz kerak. Birinchi bo‘limning o‘zida juda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keltirdik", - dedi gollandiyalik mutaxassis.
Fikrlar