
"Paxtakor-79" yana Pro-ligaga qaytishga yaqin turibdi
Ikkinchi liga baxslari birinchi davra o‘yinlari o‘z nixoyasiga etib Namangan viloyati Uychi tumanining "Paxtakor-79" jamoasi turnir jadvalining yakka peshqadami sifatida yakunladi. Jamoa 11 tur uchrashuv o‘tkazib 8 ta g‘alaba, 3 ta durrang natija va umaman mag‘lubiyatsiz seriya 27 achko bilan peshqadamlikni boy bermadi.
Turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni Kosonsoyliklar 8 ta g‘alaba, 2 ta durrang va 1 ta mag‘lubiyat 26 achko bilan band qildi. Uchinchi o‘rinni esa "Akademiya" jamoasi 8 g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat 24 achko bilan birinchi davra o‘yinlarini yakunlashdi.
Eslatib o‘tamiz, viloyat birinchiligi g‘olibi Pro-liga yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Azizbek Abdug‘aniev tayyorladi.
Fikrlar