
Pato yana "Milan"ga qaytmoqchi
Braziliyaning "San-Paulu" klui hujumchisi Pato yana "Milan"ga qaytish istagi borligini aytdi.
“Libertadores kubogini yutgach, Evropaga qaytishni xohlardim. Ayniqsa, “Milan”ga qaytish ajoyib bo‘lar edi”, - deydi 30 yoshli braziliyalik futbolchi.
Pato 2008-2013 yillarda “Milan” sharafini himoya qilgan. U “rossonerilar” safida 150 ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 63 ta gol hamda 18 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. U shuningdek, "Internasonal", "Korintians", "Chelsi", "Vilyarreal" va "Tyantszin Tsyuantszyan" klublarida ham to‘p surgan.
Fikrlar