
Parijliklar Ikardining narxini pasaytirishmoqchi, "Inter" esa PSJdan qaysi futbolchini xohlayapti?
Ijara asosida PSJda faoliyat olib borayotgan «Inter» klubi hujumchisi Mauro Ikardi Parijda qolishi mumkin», - deya xabar beradi «La Gazzetta dello Sport» nashri.
Manbada yoritilishicha, parijliklar argentinalikni klubda saqlab qolishmoqchi, ammo Ikardining shartnomasida belgilangan summani 70 million evrogacha kamaytirishmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, PSJ shartnomaga yarim himoyachi Yulian Drakslerni qo‘shishi mumkin. Germaniyalik o‘yinchini frantsuz klubi 20 million evroga baholamoqda.
O‘z navbatida «Inter» klubi PSJ himoyachilari - Toma Mene bilan Leven Kurzavani diqqat bilan kuzatmoqda.
Fikrlar