
Parij-2024. Umumjamoa hisobida AQSh yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi, O‘zbekiston 4 pog‘ona pastladi
Bugun 7 avgust kungi bahslar oldidan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida peshqadam yana o‘zgardi. AQSh terma jamoasi Xitoy xalq respublikasini ortda qoldirib peshqadamlikni takror o‘z qo‘liga oldi. Okean orti mamlakati delegatsiyasi hisobida 24 ta oltin, 31 ta kumush va 31 ta bronza, jami 86 ta medal mavjud. Chin yurti delegatsiyasi 22 ta oltin, 21 ta kumush va 16 ta bronza, jami 59 ta medal bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Bu borada kuchli uchlikni mezbon Frantsiyani ortda qoldirgan Avstraliya yakunlab turibdi. Yashil qit’a delegatsiyasi hisobida hozircha 14 ta oltin, 12 ta kumush va 9 ta bronza, jami 35 ta medal mavjud.
Hisobida 1 ta oltin va 2 ta bronza bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi esa Xitoy Taypeyi bilan 38-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar