
"Parij-2024". Olimpiyachilarimizning kutib olish jarayonini Sports.uz bilan birga tomosha qiling!
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari bugun yurtimizga etib keladi.
XXXIII yozgi Olimpiadada tarixiy natija ko‘rsatib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrog‘ini ko‘klarga ko‘targan sportchilarimiz bugun soat 19:00 da O‘zbekistonga etib keladi. Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (Terminal-3) tantanali kutib olinadi. Aeroportda o‘tkaziladigan tantanali kutib olish marosimidan so‘ng, sportchilarimiz o‘tirgan avtobus kortejlari shahar bo‘ylab harakatlanadi
Mazkur tadbirlarni Sports.uz caytining instagramdagi sahifasi orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
https://www.instagram.com/sports.uz?igsh=OWc2Y2Ixa3g1cmU=
Fikrlar