
Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib hamda sovrindorlariga qancha miqdorda pul mukofoti berilishi e’lon qilindi
“O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil Parij shahrida (Frantsiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari;
Mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ushbu qarorning to‘liq tafsiloti www.uza.uz saytida e’lon qilinadi.
Fikrlar