
Paralimpiya. Para dzyudochilarimiz Misrdagi Gran-prida 6 ta medal qo‘lga kiritishdi
Para dzyudo bo‘yicha Aleksandriya shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro Gran-prining ikkinchi kunida 3 nafar hamyurtimiz shoxsupaga ko‘tarildi.
Jumladan, ayollar o‘rtasida J1 klassida -57 kg vazn toifasida Hosiyat Poziljonova bronza medali uchun kechgan kurashda AQShlik Liana Mutiaga qarshi tatamiga chiqdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yana bir ayol para dzyudochimiz Feruza Ergasheva J1 klassida +70 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida J2 klassida +90 kg vazn toifasida Aloviddin Jo‘raqulov finalda gruziyalik Zviat Gogotchuriga qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan bahsda imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa sayyoramizning 30 dan ortiq davlatidan mahoratli polvonlar ishtirok etgan nufuzli musobaqada terma jamoamiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 6 ta medal bilan umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.
Fikrlar