
Para taekvondochilarimiz ham prezident kubogidan medallar shodasi bilan qaytdi (foto)
Avval xabar berganimizdek, para taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 12-14 mart kunlari Eron poytaxti Tehron shahrida Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘lgan terma jamoamiz a’zolari bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.
.jpg)
.jpg)

.jpg)


.jpg)





Fikrlar