Para shaxmat: Vakillarimiz jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 13 iyul, 2022, 15:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, ikki nafar hamyurtimiz - Axadxon Kimsanboev va Durdona Jumanova ayni kunlarda Frantsiyaning Kastelandare shahrida shaxmat bo‘yicha ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchi yoshlar hamda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida Vatanmiz sharafini himoya qilmoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, Axadxon musobaqaning ilk turida shvetsiyalik Toga Joxadson, Jumanova esa portugaliyalik Jozefa Spaychelaga qarshi bahs olib bordi. Quvonarlisi, har ikkala sportchimiz ham jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi. 2-tur o‘yinlarida Axadxon polshalik Michal Rakisga qarshi dona surdi va durang qayd etdi. Durdona esa indoneziyalik Tita Puspitaga qarshi bahsda mag‘lub bo‘ldi.

3-tur o‘yinlarida Kimsanboev ispaniyalik San Xuan Santin Aaronga qarshi, Jumanova esa kolumbiyalik Franko Perrizga qarshi dona surishadi. Bu o‘yinlarda har ikkala vakilimizga ham omad tilab qolamiz.

Shaxmat bo‘yicha ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchi yoshlar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslarida ayollar o‘rtasida 18 davlatdan 26 nafar sportchi, yoshlar o‘rtasida esa 13 davlatdan 13 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Musobaqa 17 iyulga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!