Para shaxmat: Osiyo chempioni munosib taqdirlandi

  • 8 iyul, 2022, 16:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 24-26 iyun kunlari Tornelo onlayn platformasida 20 yoshgacha bo‘lgan zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan para shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida Axadxon Kimsanboev g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Tecno

Matonatli sportchimiz bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirladi. Marosimda qo‘mita raisi o‘rinbosari O.Ergashev, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sporti federatsiyasi raisi M.Mamatxonov ishtirok etdi va Axadxonni qo‘mita rahbariyati nomidan samimiy muborakbod etib, kelajakdagi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. O‘z navbatida Axadxon ham yaratilgan ulkan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga, shuningdek, Milliy paralimpiya qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Quvonarlisi, Axadxon Kimsanboev yana bir iste’dodli para shaxmatchimiz Durdona Jumonova bilan birga joriy yilning 10-17 iyul kunlari Frantsiyaning Kastelandare shahrida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan para shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ushbu dunyo birinchiligida hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!