
Para kanoe bo‘yicha Mustaqilligimizning 29 yilligiga bag‘ishlab Respublika musobaqasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan Mustaqilligimizning 29 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan Respublika musobaqalarining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbariyati hamda mutaxassislari, sportchilar ishtirok etishdi.
Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omboridagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida para akademik eshkak eshuvchilar o‘zaro kuch sinashdi. Konseptda o‘tkazilgan bellashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
Erkaklar
1.Suxrob Tuymurodov – 7:15.0 minut
2.Abdumutal Abdurahmonov – 7:49.9 minut
3.Qudratbek Rahimov – 8:02.7 minut
4.Qudratulla Habibullaev – 8:06,2 minut
5.Otabek Qo‘chqarov – 8:12,6 minut
6.Qudrat Umarov – 9:21,7 minut
7.Javohir Rahmonov – 9:38,7 minut
8.Fayozxon Sodiqov – 11,31,3 minut
Ayollar
1.Yulduz Musaboeva – 9,36,4 minut
2.Diyora Dodoeva – 10:07,4 minut
3.Feruza Bo‘riboeva – 10:46,0 minut
4.Gulchiroy Esanboeva – 11:27,4 minut
5.Toshgul Muhammadieva – 13,36,8 minut
Ushbu sportchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Fikrlar