Pani Varela Portugaliya terma jamoasi safidagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi

  • 17 sentabr, 2024, 16:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Panamaga qarshi o‘yin Pani Varela uchun Portugaliya futzal terma jamoasi safidagi 100-uchrashuv bo‘ldi. Pani yubiley uchrashuvda qoyilmaqom gol kiritishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

35 yoshli Pani 2015 yildan buyon muntazam ravishda terma jamoaga jalb etiladi. Portugaliya safida 2021 yilgi Jahon chempionati, shuningdek, Evro-2018 va Evro-2022 turnirlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

U 2021 yil Litvada o‘tkazilgan mundialning asosiy qahramonlaridan biri bo‘lib, ushbu turnirda “kumush to‘p” hamda 8 ta gol evaziga “kumush butsa” sovrinlari bilan taqdirlangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!