
Palmer "Chelsi"da hech kim uddalay olmagan natijani qayd etdi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmer 2024 yilda Angliya Premer-ligasida 38 ta samarali harakat amalga oshirdi (25 ta gol va 13 ta golli uzatma). Bu ko‘rsatkich "ko‘klar" o‘yinchilari orasida bir taqvim yili davomida eng yuqori natija hisoblanadi. Bu haqda "Opta Sports" xabar bermoqda.
22 yoshli futbolchi APLda "Chelsi" safida 48 ta o‘yinda jami 50 ta samarali harakatni amalga oshirgan (33 gol va 17 golli uzatma).
Palmerning klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchini 90 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda "Chelsi" APL turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 15 ta o‘yindan so‘ng 31 ochko to‘plagan.
Fikrlar