O‘zPFL Superliga 30-turi va pley-off bosqichi haqida rasmiy ma’lumot berdi

  • 4 noyabr, 13:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing joriy mavsumi yakunlanishiga bir nechta tur qoldi. So‘nggi 30-tur va pley-off bosqichining qanday o‘tkazilish tartibi haqida O‘zPFL ma’lumot berdi.

Tecno

"Superliga"ning so‘nggi 30-tur uchrashuvlari uchun sana belgilashda O‘zPFL quyidagi omillarni hisobga olishi lozim:

"Andijon" klubining 26 noyabr kuni xalqaro musobaqa doirasida maydonga tushishi;

30-turda maksimum 4 ta uchrashuvda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjudligi;

8 ta uchrashuv bir vaqtda start olsa, ularning barchasini teletranslyatsiya qilish imkoniyati cheklanganligi.

Musobaqa o‘zining qizg‘in pallasiga kirib borayotganini inobatga olgan holda, barcha uchrashuvlar sanasini hozirning o‘zidayoq e’lon qilish murakkab. Sababi — so‘nggi turda parallel o‘yinlar natijasiga bog‘liq bo‘lmagan bir yoki bir nechta uchrashuvni ajratib olish ligaga nisbatan engillik yaratishi mumkin. Biroq 8 ta uchrashuvdan aynan qay biri bunday maqomda bo‘lishi hozircha noma’lum.

"Superliga va Pro-liga reglamenti"dan kelib chiqib, Liga uchrashuvgacha kamida 20 kun vaqt qolgunga qadar uning joyi hamda sanasiga oydinlik kiritishi lozim. Mazkur band klublar yo‘l chiptalari hamda mehmonxonalarga buyurtma berishga ulgurishini hisobga olgan holda kiritilgan. So‘nggi turga e’tibor qaratilsa, ikki bellashuv bu borada nisbatan noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli Liga ayrim masalalarga oydinlik kiritishni lozim deb topdi.

Har qanday holatda ham 30-turning asosiy uchrashuvlari 30 noyabr — yakshanba kuni o‘tkaziladi va o‘yinlar 15:00 da start oladi. Shuni inobatga olgan holda, "Neftchi" hamda "Surxon" klublari uzoq safar uchun yo‘l chiptalarini xarid qilishda mazkur sanani e’tiborga olishlari mumkin.

Superliga. 30-tur
30 noyabr, yakshanba

Xorazm — Neftchi

Buxoro — Surxon

Qolgan 6 ta uchrashuvda mehmon jamoalar raqib maydoniga poezd yoki samolyotsiz etib kelish imkoniyati nisbatan ko‘proq. Liga ulardan vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda 30-tur rejasini ishlab chiqishda bu holatni inobatga olishni so‘radi. Har qanday holatda 30-turda yuqoridagi ikki uchrashuv natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘yinlar bir vaqtda start olishi ta’minlanadi.

Yana bir necha kun ichida yuqorida qayd etilganidek, parallel o‘yinlarga ta’sir ko‘rsatmaydigan biror bellashuv ajralib chiqsa, Liga ushbu o‘yinni 29 noyabr kuni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu holda VAR texnikasidan foydalanish va teletranslyatsiya qilish imkoniyati ortadi. Bu bilan 8 ta uchrashuvning ko‘prog‘ida mazkur masala qamrab olinishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Superliga mavsumini 12-, 13-, 14- hamda 15-o‘rinda yakunlaydigan jamoalar pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi. Uning birinchi bosqichi reglamentda belgilanganidek, 12 va 13-o‘rinni egallagan klublar maydonida bo‘lib o‘tadi. Quyida pley-off o‘yinlari sanalari keltirilgan:

Pley-off I bosqich
5 dekabr, juma

Superliga 12 — Superliga 15
Superliga 13 — Superliga 14

Pley-off II bosqich
10 dekabr, chorshanba

Pley-off III bosqich
14 dekabr, yakshanba

Klublar Superligani 15-o‘rinda yakunlagan jamoa pley-offning barcha o‘yinlarini safarda o‘tkazishini inobatga olishi lozim", — deyiladi Liga matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!