O‘zPFL jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazadi

  • 18 yanvar, 2022, 19:11
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-son farmonining 5-bandiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilingan bo‘lib, mazkur indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan tuzilishi belgilangan. Shu maqsadda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘z faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni tegishli davlat organlari bilan birgalikda keng jamoatchilikka ham taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Tecno

Shundan kelib chiqib, shu yilning 4 fevral kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot anjumani tashkil qilishni rejalashtirdi. O‘zPFL o‘tgan yili “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da ko‘rsatilgan barcha musobaqalarni o‘tkazishga erishdi. Shuningdek, “2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ni tasdiqladi. 4 fevral sanasida shu va uning atrofida yuzaga kelayotgan savollarga javob qaytarish rejalashtirilgan. 

Jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida futbolchi va murabbiylar bilan tuzilayotgan mehnat shartnomalari, ularni ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zPFL pozitsiyasi, musobaqalar, hakamlar, futbolga kirib kelayotgan yangi texnikalar uchun chiqimlar hamda ularning manbasi, bugungi kunda olib borilayotgan masalalarga atroflicha to‘xtalinadi.

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!